Maqola jo'natish tartibi


Yuborish uchun Kirish yoki Ro'yxatdan o'tish.

Maqola chop etish tariribi

Taqdim etish jarayonining bir qismi sifatida mualliflar o'z takliflarining quyidagi barcha bandlarga muvofiqligini tekshirishlari shart, va arizalar ushbu ko'rsatmalarga rioya qilmagan mualliflarga qaytarilishi mumkin.
  • Taqdim etish jarayonining bir qismi sifatida mualliflar o'z takliflarining quyidagi barcha bandlarga muvofiqligini tekshirishlari shart, va arizalar ushbu ko'rsatmalarga rioya qilmagan mualliflarga qaytarilishi mumkin.

    1. Jurnal quyidagi shartli boʻlimlardan iborat:
    - iqtisodiyot, innovatsiya va tadbirkorlik nazariya va amaliyot
    - barqaror iqtisodiy rivojlanish: makroiqtisodiy yondoshuv
    - inson resurslarini boshqarish, ijtimoiy siyosat va bandlik
    - tarmoqlar iqtisodiyoti va real sektorni kompleks rivojlantirish

    2. Muallif tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Iqtisodiy tadqiqotlar” elektron ilmiy jurnalining “Jurnal boʻlimlari” ruknida keltirilgan yoʻnalishlarning biriga mos kelishi lozim.

    3. Maqolalar asosan empirik tadqiqot, keys-stadi, adabiyotlar tahlili va sharh, meta-analiz, nazariya, amaliyot, uslubiyot, professional ilmiy taqriz va boshqa tavsifga ega boʻlishi koʻzda tutiladi.

    4. Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi aniq bandlarga ega boʻlishi tavsiya etiladi:

    – Maqola mavzusi
    Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va loʻnda koʻrinishda shakllantirilgan boʻlib, maqolaning tadqiqot yoʻnalishini aniq ifoda etishi lozim.

    – Maqola muallifi toʻgʻrisida maʼlumot
    Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), tegishliligi (yaʼni, ish joyi yoki tahsil olish joyi, bunda faqatgina tashkilo nomi yoziladi) elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.

    – Maqola annotatsiyasi
    Maqola annotatsiyasi koʻpi bilan 100 soʻzdan iborat boʻlgan, maqolaning umumiy mazmunini qisqacha tarzda yoritib beruvchi qism hisoblanadi. Maqola annotatsiyasida tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qoʻllanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning toʻla mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.

    – Kalit soʻzlar
    Tayanch soʻzlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit soʻzlar hisoblanadi. scholar.google.com yoki google.com qidiruv tizimida maqola oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun tayanch soʻzlarning har biri asosiy matn tarkibida oʻrtacha 5-10-marta takrorlanishi tavsiya etiladi.
    Maqola mavzusi, maqola muallifi toʻgʻrisida maʼlumot, annotatsiyasi hamda kalit soʻzlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilishi lozim.

    1. Kirish
    Kirish qismida asosan tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Mazkur qism tadqiqot mavzusining tanlanish asosi, uning dolzarbligi va ilmiy ahamiyatini tushuntirib beradi. Bundan tashqari, kirish qismida tadqiqot obyektining qisqacha tavsifi keltiriladi. Keyingi tarkibiy qismlar mazmuni ham aynan kirish qismida qisqacha izohlanadi.

    2. Adabiyotlar sharhi (uslubiy materiallar sharhi)
    Mavzuga oid adabiyotlar sharhi tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan muallifning bilim va tasavvurlarga ega ekanini namoyon etuvchi qism hisoblanadi. Adabiyotlar sharhi mavjud intellektual hudud doirasini baholash va shu asosda maʼlum xarita yaratishni anglatadi. Adabiyotlarning sharhida tanqidiy tahlil amalga oshirilib, uning maqsadi mazkur mavzu doirasidagi bilimlarni kuchaytirish va tadqiqot savollarini yanada oydinlashtirish hisoblanadi. Oʻz mazmuniga koʻra har qanday tadqiqot ayni shu sohada yaratilgan avvalgi bilimlar negiziga quriladi. Adabiyotlar boʻyicha tahlil asosan sohadagi eng yangi jurnal maqolalari va boshqa turdagi maʼlumot manbalari asosida amalga oshadi (mavzuga oid maqolalarni kalit soʻzlar yordamida www.scholar.google.com qidiruv tizimidan topish mumkin).

    3. Tadqiqot metodologiyasi
    Tadqiqot metodologiyasi tadqiqotning eng muhim qismlaridan biri boʻlib, u oʻtkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yoʻli va manzilga (natijaga) olib boruvchi xaritaviy chizgilari hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi tadqiqot falsafasi va yoʻnalishini belgilash, tadqiqot dizayni, yaʼni tadqiqot muammosining yechimiga olib boruvchi bosh rejasini tuzish, tadqiqot uchun zarur axborotni olish yoʻllari va tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot obyetining tanlovi (sampling), birlamchi yoki ikkilamchi maʼlumot manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar, tadqiqot strategiyasini (kuzatish, eksperiment, keys-ctadi, savolnoma, etnografik, arxiv tadqiqot va h.k.) aniqlash boʻyicha ratsional qaror qabul qilish asosida qoʻyilgan muammoning aniq yechimiga olib chiquvchi yoʻlni belgilashni anglatadi. Metodologiya qismining mukammalligi tadqiqot uchun belgilangan yoʻlning ishonchliligi (reliability) va aniqliligini (validity) asoslash orqali namoyon boʻladi.

    4. Tahlil va natijalar muhokamasi (maqola mazmunidan kelib chiqib adabiyotlar sharhiga qoʻshilishi ham mumkin).
    Tadqiqotning tahlil qismi tadqiqot metodologiyasida avvaldan belgilab olingan tahlil usullari (matematik modellar va boshqalar) orqali yigʻilgan maʼlumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi; topilgan natijalar boʻyicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi.
    Tahlil qismi natijalari mavzuga oid adabiyotlar tahlili natijalari va xulosalariga taqqoslash hamda shaxsiy fikrlar orqali muhokamasini nazarda tutadi. Ushbu qism tadqiqot natijalarini izohlash vazifasini bajaradi.

    5. Xulosa va takliflar
    Tadqiqotning maqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining oʻz javobini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar, shu bilan birga, takliflar va ayni tadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqot ishi yoʻnalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etadi.

    – Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
    Bu qism tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning roʻyxatini eʼlon qiladi. Maqolada foydalanilgan barcha havolalar bu qismda alifbo ketma-ketligida Garvard shakli talablarida qayd qilinadi:
    mualliflar ismi-sharifi, (yili), kitob nomi, nashr manzili (Rossiya, Oʻzbekiston va h.k.), nashriyot nomi;
    mualliflar ismi-sharifi, (yili), maqola nomi, jurnal nomi, nashri, soni, betlari.

    5. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kegelda boʻlib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda boʻlishi tavsiya etiladi. Maqola matni sahifasining barcha (oʻng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi cheklanmagani holda, eng minimal hajmi 6 betdan kam boʻlmasligi tavsiya etiladi.

    6. Maqolada jadval nomlari uning yuqori qismida, rasmlar nomlari ularning quyi qismida beriladi.

    7. Maqolalar oʻzbek, rus, yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

    8. Belgilangan talablarga javob bermaydigan maqolalar taqrizchilarga taqdim etilmaydi va tahririyatning talablarga javob bermaslik haqidagi xulosasi bilan muallifga qayta ishlash uchun qaytarib yuboriladi.

Bo'limlar

  1. Bank ishi

    Bank ishi

  2. Makro va mikroiqtisodiyot

    Makro va mikroiqtisodiyot


Maxfiylik bayonoti

##default.contextSettings.privacyStatement##
Loading...