QISHLOQ XO‘JALIGIDA IQTISODIY O‘SISH SIFATINI TA’MINLASHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAHLILI

QISHLOQ XO‘JALIGIDA IQTISODIY O‘SISH SIFATINI TA’MINLASHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAHLILI

Mualliflar

  • Mamajon Mamajon Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  • Jo‘rayev G‘ayrat Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Kalit so‘zlar:

Iqtisodiy o'sish, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm

Abstrak

Har bir mamlakat hududlar va tarmoqlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish milliy strategiyalarini amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmiga ega bo'lishi, shu bilan birga bu mexanizm iqtisodiy o'sish tarkibiy
qismlarining barcha darajalari va maqsadlarini o'z ichiga olishi kerak. Qishloq
xo‘jaligida iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tashkiliyiqtisodiy mexanizmning muhim elementidir. Shu sababli, maqolada biz
tarmoqlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning nazariy yondashuvlarini
tahlil qilish asosida o'z yondashuvimizni taklif qilishga harakat qildik. Tadqiqot
davomida mavjud tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning natijasini tavsiflovchi
ko'rsatkichlar baholandi. Aniqlanishicha, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning
amaldagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining barcha elementlaridan maksimal
darajada oqilona va samarali foydalanilmayapti. Amaldagi tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmni amalga oshirishdagi asosiy qarama-qarshiliklar o‘rganilib, ularni
amaliyotga tatbiq etish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy jurnali 2023-yil 2-son

Nashr qilingan

2026-02-02

Nashr

Bo'lim

BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH: MAKROIQTISODIY YONDOSHUV
Loading...