MAKROIQTISODIY DARAJADA TA’LIM XIZMATLARI BOZORINING RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

MAKROIQTISODIY DARAJADA TA’LIM XIZMATLARI BOZORINING RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

inson resurslari, ta’lim xizmatlari bozori, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ta’lim sohasi, ta’lim

Abstrak

Iqtisodiyotni erkinlashtirish, diversifikatsiyalash hamda
tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilishi natijasida ko‘p tarmoqli va to‘laqonli,
samarador milliy iqtisodiyotning barpo etilishi, iqtisodiyotning izchil va
muvozanatli yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiy manfaatlarni ruyobga
chiqarishning real mexanizmlarini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya
qilish yuzasidan salmoqli natijalarga erishildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini “to‘liq ro‘yobga chiqarish mehnat
bozorining rivojlanishi, real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni inobatga olgan holda
unga aniqliklar kiritish”ni talab etdi. O‘zbekiston iqtisodiyotida izchil amalga
oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar ta’lim xizmatlari bozoridagi ta’lim
xizmatlariga bo‘lgan talabga ta’sir etadi. O‘z navbatida ta’lim xizmatlari bozori
ushbu talabni miqdoriy, tuzilma va sifat jihatidan yanada to‘laroq qondira olish
qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Ushbu jarayonning barqarorligi va samarali
borishi aynan ta’lim xizmatlari bozoridagi iqtisodiy munosabatlarning ro‘y
berayotgan o‘zgarish va tendensiyalarga qanchalik moslashtirib borilishiga
bog‘liqdir.

Iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy jurnali 2023-yil 3-son

Additional Files

Nashr qilingan

2026-02-03

Nashr

Bo'lim

BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH: MAKROIQTISODIY YONDOSHUV
Loading...